O’qituvchi va murabbiylar kuni…
749 ko'rishlar

O’qituvchi va murabbiylar kuni…

Aziz ustozlar va murabbiylar!

Har bir insonning komil shaxs bo’lib vovaga yetishida, yetuk kasb egasi bo’lib jamiyatda o’z o’rnini topishida ustoz – muallimlarning o’rni juda muhim.
Fidoyi, zahmatkash muallim-o’qituvchilar o’z shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng go’zal ezgu xislatlarni, mehr – oqibat va odamiylik tuyg’ularini singdirib boradi. Turli yo’nalishlarda o’z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan o’g’il-qizlarimizning muvaffaqiyatlari zamirida avvalo aziz ustozlarning zahmatli mehnatlari mujassam.
Ana shunday fidoiy ustozlarimizni bugun qancha ezozlasak kamlik qiladi.
Darhaqiqat, biz yosh avlodni ma’nan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalayotgan o’qituvchi – murabbiylar timsolida ertangi kunimizning porloq kelajagini, Vatanimiz taraqqiyoti uchun sidqidildan xizmat qiluvchi o’g’il – qizlarimiz baxtini ko’ramiz. Yuragi g’ayrat-shijoatga to’la, yoshlar tarbiyasi yo’lidagi mas’uliyatli vazifani o’z zimmalariga olgan ustozlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Qalbi ezguliklarga yo’g’rilgan aziz ustozlar, mehridaryo muallimlar!
Barchangizni 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo’lishini tilab qolamiz.

“Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyati jamoasi