Stol tennisi bo`yicha do`stlik musobaqasi o`tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr PF-6099-sonli «Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va «Mustaqilligimizning 30 yilligi» bayrami munosabati bilan «O’zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Sharg’unko’mir» AJda sportning «stol tennisi» turi bo`yicha do’stlik musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada «O’zbekiston temir yo’llari» AJdan tashrif buyurgan mehmonlar va «Sharg’unko’mir» AJ boshqaruv apparati xodimlari ishtirok etishdi.

12 kishi qatnashgan qizg’in musobaqa yakunida 1-o’rinni «Sharg’unko’mir» AJ boshqaruv apparati «Mexanika bo’limi» muhandisi Omonov Zafar Xasanovich, 2 va 3-o’rinlarni esa «O’zbekiston temir yo’llari» AJ xodimlari egallashdi. Musobaqada g’olib bo’lgan ishtirokchilarga «Sharg’unko’mir» AJ kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.