“Sharg‘unko‘mir” AJdagi bog’bon vazifasi bo‘sh ish o‘rniga xohlovchilarni tanlash uchun suhbat belgilandi.
“Sharg‘unko‘mir” AJdagi bog’bon vazifasi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirishni xohlovchilarni tanlash uchun 2026-yilning 2- sentabr soat 14:00 da kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish komissiyasi suhbati belgilandi.
Bog’bon vazifasiga ishga kirishni xohlovchilardan yerga ishlov berish, daraxtlar va kuchatlarni parvarishlash bo`yicha bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish talab etiladi
Ishga kirishni xohlovchilarni 2026-yil 2-sentabr kuni soat 14:00 da “Sharg‘unko‘mir” AJ ma’muriyati binosida bo‘lib o‘tadigan kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish komissiyasi suhbatiga taklif etamiz. Suhbatda ishtirok etishni xohlovchilardan o’zlari bilan birga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va o’qish ma’lumotini (shahodatnoma yoki diplom) taqdim etishlari talab qilinadi.