“Sharg‘unko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi
“Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olish hamda sohaga oid qonunchilik talablarini keng tushuntirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish: qonunchilik talablari, javobgarlik choralari va korrupsiyaning oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Sariosiyo tuman prokuraturasi prokuror yordamchisi, 3-darajali yurist Hakimov Kamoliddin Hokimovich ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik mexanizmlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, 2026-yil 22-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonunining mazmun-mohiyati ham ishtirokchilarga tushuntirildi.
Tadbir davomida korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi, davlat mulki va budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilishi, shuningdek, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik har bir xodimning muhim burchi ekani ta’kidlandi.
Yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish va profilaktik tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish muhim ekani qayd etildi.



