
Milliy liboslarimiz – milliy qadriyatlarimiz ifodasi
Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog`liq bo`lib, u milliy o`ziga xoslikni aks ettiradi. Liboslar turli etnik belgilari bilan ham ajralib turadi. Boy tarixiy madaniyatga ega o`zbek xalqining ham turli etnik tarkibni anglatuvchi milliy kiyinishlar madaniyati mavjud.
Uzoq tarixni bosib o`tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so`zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish, targ`ib etish va milliyligimizni unutmaslik maqsadida tashkil etilgan «Milliy liboslar kuni»da maxsus kiyimlar joriy etilgan jamoadagi xotin-qizlar milliy ornamentlardan foydalanishlari mumkin.
Ilk «Milliy liboslar kuni»ni Toshkent shahar hokimligi va Oila va xotin-qizlar boshqarmasining ayol xodimlari milliy liboslarda boshlab berdi.
Tashabbus yurtimiz bo`ylab qo`llab quvvatlanib keng quloch yozib ommalashmoqda. Jumladan “Sharg`unko`mir” AJ xodimlari ham uzoq o`tmishdan daraka beruvchi milliy liboslarimizda ishga chiqishni odat qilishgan. Bu bilan atlas, adras kabi milliyligimizni tarannum etuvchi matolaridan tikilgan sharqona kiyimlarni targ`ib qilishga munosib hissa qo`shib kelinmoqda. Yuksak tog`lar orasida joylashgan yirik sanoat korxonasida shiddatli mehnat, zamonaviy texnologiyalar va milliy qadriyatlar uyg`unlashib ketganligini sezish mumkin.
Ma’lumot uchun, “Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har juma kuni ‒ milliy liboslar kuni etib belgilangan.
Quyidagi tasvirlarda milliylik bilan uyg`unlashgan sanoat korxonasida faoliyat yurituvchi xodimlarni ish jaroyonidan lavhalar olingan











«Sharg`unko`mir» AJ matbuot xizmati