
«Sharg`unko`mir» AJ boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi
O`zbekiston temir yo`lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ustavi va «O`zbekiston kasba uyushmalari Federasiyasi tizimidagi kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylovlarini o`tkazish to`g`risida» gi Nizomga asosan 2025 yil 10 aprel kunida «Sharg`unko`mir» AJ boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi.


Hisobot-saylov konferensiyasi kun tartibida quyidagi masalalar ko`rib chiqildi:
1.Boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi raisining 2020-2025 yil fevralgacha bo`lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi vazifalar to`g`risida
2. Boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi taftish komissiyasining hisoboti
3. Boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi raisini saylash
4 Boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasining tarkibinisaylash to`g`risida
5. Boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi taftish komissiyasi va raisini saylash to`g`risida
6.Termiz MTU filiali Hududiy kasaba uyushma qo`mitasi hisobot -saylov konferensiyasiga delegatlar saylash to`g`risida
7. Termiz MTU filiali Hududiy kasaba uyushmasi Ijroiya qo`mitasi a’zoligiga vakil saylash to`g`risida


Boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi raisini saylashda yopiq ovoz olish yo`li bilan ovozga qo`yilib, «Sharg`unko`mir» AJ boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi raisi vazifasiga Donayev Mansur Xamrokulovich qayta saylandi.


«Sharg`unko`mir» AJ matbuot xizmati