
“Sharg`unko`mir” AJda o`tkazilgan maxsus taktik-texnik o`quv mashg`uloti tashkilotchilari e’tirof etildi
Avval xabar qilganimizdek joriy yilning 1 aprelida alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi va “Sharg`unko`mir” AJ o`rtasida kelishilgan rejaga asosan maxsus taktik-texnik o`quv mashg`uloti o`tkazildi.
Xususan mashg`ulotda 1-AHKQV shaxsiy va komandirlar tarkibi, “Sharg`unko`mir” AJ bosh muhandisi Sh.J.Surxanov, tog`-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspektsiyasi Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi inspektori Sh.J.Xolikov, Sariosiyo tumani FVB tezkor bo`linmasi boshlig`i katta leytenant R.Abdunazarov hamda “Sharg`unko`mir” AJ aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar xizmati boshlig`i – Fuqaro muhofazasi bo`yicha mas’ul xodimi X.A.Tashkulovlar qatnashdi.
Taktik-texnik mashg`ulotida “Sharg`unko`mir” AJ konlarida yong`in sodir bo`lgan ob’yektida jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatilib hamda toza havoga chiqarilib, tibbiyot xodimlariga topshirildi.
Mavjud avariyalarni oldini olish to`g`risida chora-tadbirlar amalga oshirildi.


“Sharg`unko`mir” AJda o`tkazilgan taktik-texnik o`quv mashg`uloti respublikamizda keng miqyosida o`tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida tashkil etilib, viloyatimizdagi yirik sanoat korxonalari orasida namunali o`tkazilgan tadbir deb e’tirof etildi. Tadbir yakunida mas’ullar ishtirokida taqdimot yig`ilishi o`tkazildi. Unda Sariosiyo tumani FVB tezkor bo`linmasi boshlig`i katta leytenant R.Abdunazarov so`zga chiqib 1-AHKQV shaxsiy va komandirlar tarkibi hamda “Sharg`unko`mir” AJ xodimlariga chuqur minnatdorchiligini bildirib o`tdi. Kon sanoatida yetarlicha xavf-xatar mavjudligi sababli ushbu o`rinda xavfli ishlab chiqarish ob’yektlariga malakali xizmat ko`rsatish, nazariy va amaliy yordam berishda, xalokatga duch kelgan insonlarga yordam berish va xayotini saqlab qolishda harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibining xissasi katta ekanligi e’tirof etildi. Shuningdek ushbu o`quv mashg`ulotni faol tashkillashtirishdagi xizmatlari uchun “Sharg`unko`mir” AJ aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar xizmati boshlig`i – Fuqaro muhofazasi bo`yicha mas’ul xodimi X.A.Tashkulov Sariosiyo tuman FVB boshlig`i kapitan A.A.Bozorov tomonidan berilgan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.
Sariosiyo tumani davriy nashri “Sariosiyo” tuman gazetasining 2025 yil 11 aprel sonida ham ushbu tadbir to`g`risida xabar chop etildi.







