562 ko'rishlar

Stol tennisi bo`yicha do`stlik musobaqasi o`tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr PF-6099-sonli “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va “Mustaqilligimizning 30 yilligi” bayrami munosabati bilan “O’zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Sharg’unko’mir” AJda sportning “stol tennisi” turi bo`yicha do’stlik musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada “O’zbekiston temir yo’llari” AJdan tashrif buyurgan mehmonlar va “Sharg’unko’mir” AJ boshqaruv apparati xodimlari ishtirok etishdi.

12 kishi qatnashgan qizg’in musobaqa yakunida 1-o’rinni “Sharg’unko’mir” AJ boshqaruv apparati “Mexanika bo’limi” muhandisi Omonov Zafar Xasanovich, 2 va 3-o’rinlarni esa “O’zbekiston temir yo’llari” AJ xodimlari egallashdi. Musobaqada g’olib bo’lgan ishtirokchilarga “Sharg’unko’mir” AJ kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.