909 ko'rishlar

2021-2023 yillar uchun “Sharg’unko’mir” AJ va kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasida tuziladigan jamoa shartnomasini tasdiqlash bo’yicha yig’ilish konferensiyasi bo’lib o’tdi

Bugun 2 aprel kuni soat 11-00da “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati ma’naviyat va ma’rifat xonasida “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati va kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasida 2018-2020 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi bo’yicha hisoboti hamda 2021-2023 yillar uchun “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati va kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasida tuziladigan jamoa shartnomasini tasdiqlash bo’yicha yig’ilish konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish konferensiyaning kun tartibiga 3 ta masala qo’yildi:

1. “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati va kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasida 2018-2020 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yil mobaynida “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati yuzasidan ish beruvchining hisobot ma’ruzasi.

2. “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati va kasaba uyushma xududiy qo’mitasi o’rtasida 2018-2020 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yil mobaynida “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushma qo’mitasining faoliyati yuzasidan kasaba uyushma qo’mitasi raisining hisobot ma’ruzasi.

3. “Sharg’unko’mir” aksiyadorlik jamiyati va kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasida 2021-2023 yillar uchun tuzilayotgan jamoa shartnomasini tasdiqlash uchun yangi loyixasi va unga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar to’g’risida.

Konferensiya ishida Termiz MTU KUHQ tashkiliy ishlar mutaxassisi Kamoliddin Karimov, Termiz MTU KUHQ huquqiy maslahatchisi Bobomurod Hayitaliev va Termiz MTU KUHQ mehnat muhofazasi bo’yicha yetakchi bosh mutaxassisi Ruslan Rejapovlar ishtirok etishdi.

Konferensiyani Termiz MTU KUHQ tashkiliy ishlar mutaxassisi Kamoliddin Karimov olib bordi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan “Sharg’unko’mir” AJ rahbari hamda kasaba uyushma qo’mitasi raisi hisoboti tinglandi.

2021-2023 yillar uchun tuzilgan yangi jamoa shartnomasiga ijtimoiy kafolatlarni kuchaytirishga oid yigirmadan ortiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Delegatlar 2018-2020 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi ijrosi yuzasidan o’z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.

Konferensiya qatnashchilari ijtimoiy sheriklik asosida ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi xodimlarning huquqlarini himoya qilish, mehnatkashlarni ijtimoiy, iqtisodiy, manfaatlari himoyasi, mehnat muhofazasi, ayollar va yoshlarni qo’llab-quvvatlash sohalarida islohotlarni amalga oshirish borasida hamkorlik yo’lga qo’yilganini alohida ta’kidladilar.

Ish beruvchi va kasaba uyushma qo’mitasini jamoa shartnomasida keltirilgan tadbirlarini bajarilishi bo’yicha faoliyati qoniqarli deb baholandi.

Yig’ilish davomida savol-javoblar va qizg’in bahs-munozaralar bo’ldi. Berilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib tegishli qarorlar qabul qilindi.