768 ko'rishlar

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ bosh menejer – bosh muhandisi Z.E.Maxamatov “Sharg’unko’mir” AJga tashrif buyurib amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari bilan tanishdi…

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ bosh menejer – bosh muhandisi Z.E.Maxamatov 18 mart kuni “Sharg’unko’mir” AJ da amalga oshirilayotgan modernizatsiya loyihasini borib ko’rdi va modernizatsiya loyihasi doirasida olib borilayotgan yer osti, yer usti va temir yo’l qurilish ishlari bilan tanishishdi. Ushbu loyihani iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatini alohida ta’kidlab, sifatli bajarish, jadallashtirish, tezroq ishga tushirish, mavjud muammolar va kamchiliklar o’rganib, ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berdi.