“Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori M. A. Azizkulovning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ishchi-xodimlar va barcha yurtdoshlarimizga bayram tabrigi
Hurmatli ishchi-xodimlar!
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-umidlari, milliy qadriyatlari va ezgu intilishlarini o`zida mujassam etgan, yurtimizning taraqqiyoti va farovon hayoti uchun mustahkam zamin yaratgan buyuk ne’matdir.
Ushbu ulug` ayyomda barchangizga, avvalo, mustahkam sog`lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va fayzu baraka tilaymiz. Korxonamiz taraqqiyotiga qo`shayotgan fidokorona mehnatingiz, mas’uliyatingiz va sadoqatingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz obod va dasturxonlarimiz to`kin bo`lsin! Barcha ezgu niyat va maqsadlaringiz ro`yobga chiqsin.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo`lsin!
Hurmat bilan, M. A. Azizkulov