«Sharg`unko`mir» AJ Kasaba uyushma qo`mitasi raisi M. X. Danayevyning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munsabati bilan jamiyat ishchi-xodimlariga bayram tabrigi
Hurmatli «Sharg`unko`mir» AJ ishchi-xodimlari!
Sizlarni O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Sharg`unko`mir» aktsiyadorlik jamiyati rahbariyati va kasaba uyushma qo`mitasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning ko`p asrlik orzu-intilishlari, milliy qadriyatlari va ezgu maqsadlarini ro`yobga chiqargan, yurtimizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar yaratgan buyuk va bebaho ne’matdir.
Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti, sanoat salohiyati va iqtisodiy barqarorligini yuksaltirishda fidokorona mehnat qilayotgan har bir insonning munosib hissasi bor. Jumladan, «Sharg`unko`mir» AJ jamoasining mashaqqatli va mas’uliyatli mehnati korxonamiz rivoji hamda sohaning barqaror faoliyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Fursatdan foydalanib, barchangizga kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog`lik, oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka va farovonlik tilaymiz.
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xalqimizda hamjihatlik va totuvlik, xonadonlarimizda quvonch va fayzu baraka abadiy barqaror bo`lsin!
Yangi O`zbekistonning taraqqiyoti va yuksalishi yo`lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo`lsin!
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo`lsin!
Hurmat bilan, «Sharg`unko`mir» AJ
Kasaba uyushma qo`mitasi raisi M. X. Danayev