“Sharg`uynko`mir AJda favqulodda vaziyatlar bo`yicha o`quv taktik mashg`uloti bo`lib o`tdi
Ma’lumki, joriy yilning 1 aprelidan 1 mayiga qadar respublikamizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o`tkazilmoqda.
Ushbu oylik doirasida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida joylarda favqulodda holatlar yuzaga kelganda ish joylarida hamda aholi o`rtasida xavfsizlik choralarini ta’minlash, jabrlanganlarga birinchi yordam ko`rsatish, shuningdek, shoshilinch harakatlarni to`g`ri amalga oshirishga qaratilgan qator o`quv-mashg`ulotlari tashkil etilmoqda.
Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 9 aprel sanasida 1-alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi hamda “Sharg`unko`mir” AJ o`rtasida Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv shtabi bilan kelishilgan rejaga muvofiq maxsus taktik o`quv mashg`uloti tashkil etildi.
Sariosiyo tumanining markaziy davriy nashri hisoblangan “SARIOSIYo” gazetasining 2026 yil 24 apreldagi 15-sonida mazkur tadbirga bag`ishlangan “Sharg`uynko`mir AJda favqulodda vaziyatlar bo`yicha o`quv taktik mashg`uloti bo`lib o`tdi” sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi viloyat aholisi hamda barcha tashkilotlarni yurtimiz bo`ylab o`tkazilayotgan ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga, tashkil etilayotgan o`quv mashg`ulotlari, targ`ibot ishlari va profilaktik tadbirlarda qatnashishga da’vat etadi. Shuningdek, har bir fuqarodan faqatgina tadbir oyida emas, doimiy ravishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, ogohlikni kuchaytirish hamda o`z yaqinlari va atrofdagilar xavfsizligiga befarq bo`lmaslik so`raladi.
