“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo`yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda yurtimizda tashkilot va korxonalarda rahbar xodimlarining yoshlar bilan uchrashuv o`tkazib, ularning fikrlari, takliflari bilan qiziqishi, hamda ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etish uchun imkoniyat yaratib berilayotganligi ham ularga berilayotgan e’tibor va g`amxo`rlikning yana bir yorqin namunasidir.
Shu kabi tadbir sifatida “Sharg`unko`mir” AJning boshqaruv apparati majlislar zalida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Tadbirda “Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori M.A. Azizkulov korxonada faoliyat olib borayotgan yosh ishchi-xodimlar bilan muloqot qildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o`tgan uchrashuv davomida yosh xodimlar o`z takliflarini bildirdi. Ilgari surgan tashabbuslari va loyihalari yuzasidan fikr almashildi, muhim mavzularda amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunlida yoshlar bilan doimiy muloqotni yo`lga qo`yish va ularni tizimli qo`llab-quvvatlash bo`yicha fikr bildirildi.
Ushbu uchrashuv nafaqat yoshlar va rahbarlar o`rtasida samarali muloqot maydoni bo`ldi, balki yosh kadrlarni qo`llab-quvvatlash, ularning professional va ijtimoiy faolligini oshirish bo`yicha yangi yo`nalishlarni belgilashga xizmat qildi.
Oliygohda taʼlim olish, oʻquv markazlarida kasblarni o`rganishni maqsad qilgan yoshlarga amaliy yordam koʻrsatilishi qayd etildi.
E’tiboringizga ushbu tadbirda suratga olingan lavhalarni havola etamiz.







