“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda
659 ko'rishlar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo`ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yil 2 noyabr kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida 200 mln tup daraxt va buta ko`chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 8 foizdan 30 foizga oshirish ko`zda tutilgan edi.

O`tgan davr mobaynida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz bo`ylab qator tadbirlar amalga oshirildi. «Yashil bog`lar», «yashil jamoat parklari» shaharlarning atroflarida «yashil belbog`»lar barpo etildi. Shuning bilan birga, umummilliy loyihani samarali davom ettirish bugungi kunda kechiktirib bo`lmas choralarni ko`rishni talab etmoqda.

Mazkur loyiha “Sharg`unko`mir” aktsiyadorlik jamiyati jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

“Sharg`unko`mir” AJ tomonidan mazkur topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil bahor mavsumida mevali va manzarali daraxt ko`chatlarini ekish bo`yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Kuni kecha korxonaning atrofida ko`chat ekish uchun  yer maydonlari tayyorlanib, 150 ta  mevali daraxt ko`chatlari ekildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, daraxt ko`chatlari hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog`lar hosil qilish va ko`kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda.

                Bugun jamiyatning ma’muriy boshqaruv tizimi xodimlari tomonidan ko`chat ekiladigan yerlar shudgorlanib, 100 tup manzarali daraxt qalamchalari kesib ekishga tayyorlandi.          Mazkur chora-tadbirlarga asosan “Sharg`unko`mir” AJ ning sug`oriladigan yer maydonini hisobga olgan holda 2024 yil yakuniga qadar 1000 dona mevali va 1000 dona manzarali ko`chat turlarini ekish rejalashtirilgan. Ushbu ko`chat turlarini sotib olish va ekish uchun korxona o`z mablag`i hisobidan amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

“Sharg`unko`mir” AJ matbuot xizmati