“Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyatida Geologiya sohasi xodimlari kuni munsabati bilan bayram tadbiri bo`lib o`tdi
915 ko'rishlar

“Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyatida Geologiya sohasi xodimlari kuni munsabati bilan bayram tadbiri bo`lib o`tdi

Ma’lumki O`zbekiston Respublikasi Geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to`g`risidani Qonunga asosan Aprel oyining birinchi yakshanbasi O`zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni etib belgilan.

“Sharg`unko`mir” aktsiyadorlik jamiyati faoliyatida ham geologiya xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. Zero texnologik ishlab chiqarish jaroyonida ushbu soha vakillarining hissasi katta. Aynan geologlarning ish tajribasi bilan boy tarkibga ega bo`lgan konlar aniqlanadi.

Bugun “Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyatida Geologiya sohasi xodimlari kuni munsabati bilan bayram tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirda “Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Ma’rufjon Azizqulov soha vakillarini muborakbod etdi. Sana munosabati bilan ishlab chiqarishda faol bo`lgan bir guruh soha xodimlari tashakkurnoma va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

“Sharg`unko`mir” AJ matbuot xizmati