345 ko'rishlar

 Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!

Bugun 2 mart “Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati
korporativ munosabat va aktivlarni boshqarish xizmati boshligʻi Tashkulov Xurshed Abdumannonovichning tug’ilgan kuni.

Tashkulov Xurshed Abdumannonovich – 1984 yil 2 mart kuni Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli, 2002-yilda Angren politexnikumining Huquqshunos, 2010-yilda Toshkent viloyat Davlat pedagogika institutining Milliy istiqlol gʻoyasi Huquq va ma’naviyat mutaxassisligini tugatgan. Hozirgi kunda “Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati korporativ munosabat va aktivlarni boshqarish xizmati boshligʻi ishlab kelmoqda.

Tashkulov Xurshed Abdumannonovich, Sizni “Shagʻunkoʻmir” AJ maʼmuriyati, “Shargʻunkoʻmir” AJ kasaba uyushma qoʻmitasi va jaiyat jamoasi nomidan qizgʻin tabriklab, Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ishlaringizda hamisha rivoj va kelgusidagi mashaqqatli mehnatlaringizda, oʻsib kelayotgan yosh-mutaxassislarning yetuk kadr boʻlib yetishishidagi xizmatlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!