• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 “Sharg`unko`mir” AJda “Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” kasb bayrami munosib nishonlandi

“Sharg`unko`mir” AJda “Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” kasb bayrami munosib nishonlandi

Ma’lumki mamlakatimizda may oyining uchinchi yakshanbasi “O`zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” etib belgilangan. Mazkur sana munosabati bilan  “Sharg`unko`mir” AJda “Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” kasb bayrami munosib nishonlandi.

“Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” munosabati bilan korxonamizda katta bayram keng nishonlandi. Bayram juda xush kayfiyat va ko`tarinki ruhda o`tdi.

Tantanali marosimda mehnatkashlarimiz fidokorona xizmatlari uchun rag`batlantirildi. O’zbekiston Respublikasi tog’-kon sanoati va Geologiya vazirligi tomonidan “Faxriy yorliq”, 1-, 2- va 3-darajali “Konchilik shuhrati” medallari hamda Tashakkurnomalar “Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori M.A. Azizkulov va boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi raisi M.X. Danayev tomonidan shaxsan topshirildi.

Bundan tashqari, O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi (https://energo.kasaba.uz/) tomonidan 2 nafar faol xodimga “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg`alar taqdim etildi.

Ushbu bayram tadbirlari yurtimizda mehnatkash insonlarga, xususan, konchilik sohasida xizmat qilayotgan fidoiylarga ko`rsatilayotgan e’tibor va qadr-qimmatning yorqin namunasidir.