109 ko'rishlar

“Sharg’unko’mir” AJda Avtomobil transport xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi

October 28, 2022

Har yili anʼanaviy tarzda oktyabr oyining soʻnggi kunlarida nishonlanib kelinayotgan “Avtomobil transporti xodimlari kuni” munosabati bilan “Shargʻunkoʻmir” AJ maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan bayram tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda bosh direktori X.N.Abdullayev, kasaba uyushma qoʻmitasi raisi M.X,Danayev, bosh muhandis SH.J.Surxonov, bosh muhandis oʻrinbosari SH.Normuratov va Yoshlar yetakchisi B.X.Qurbonovlar soʻzga chiqib, bayram munosabati bilan tabrik soʻzi yoʻllandi.

Tadbirda “Shargʻunkoʻmir” AJda oshirilayotgan hamda korxonani rivoji uchun kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan soʻz olib borildi.

Bayram munosabati bilan “Shargʻunkoʻmir” AJda mehnat qilib, korxonaning istiqboli va rivojlanishiga qoʻshayotgan hissalarini hamda halol mehnatlarini qadrlagan holda Avtosaroy uchastkasidan bir guruh ishchi-xodimlarga Faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovgʻalar berildi.