“Sharg`unko`mir” AJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida MA`LUMOT
Davlat rahbari tomonidan 2021 yil – noyabr kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida 200 mln tup daraxt va buta ko`chatlarini ekish belgilangan.
“Sharg`unko`mir” AJ tomonidan mazkur topshiriqlarni ijrosini ta`minlash maqsadida 2024 yil bahor mavsumida mevali va manzarali daraxt ko`chatlarini ekish bo`yicha chora-adbirlar belgilab olindi.
Mazkur chora-tadbirlarga asosan “Sharg`unko`mir” AJ ning sug’oriladigan yer maydonini hisobga olgan holda 2024 yil yakuniga qadar 1000 dona mevali va 1000 dona manzarali ko`chat turlarini ekish rejalashtirilgan. Ushbu ko`chat turlarini sotib olish va ekish uchun korxona o`z mablag`i hisobidan amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.
Shuningdek, 2024 yil bahor mavsumi uchun (2024 yil 1-aprel holatiga) korxona atrofidagi ko`chat ekish uchun yer maydonlari tayyorlab qo`yilib, 150 ta mevali daraxt ko`chatlari ekildi. Bahor mavsumida jami 850 mevali daraxt ko`chatlari ekilgan. Daraxt ko`chatlarini sug`orish va parvarishi uchun mas`ul xodimlar tayinlangan bo`lib, xodimlarni ishlari doim nazorat qilinib borilmoqda.
Joriy yil kuz mavsumiga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil belbog`”larni barpo etish maqsadida “Sharg`unko`mir” AJ oldiga qo`yilgan vazifalarni to`liq va sifatli amalga oshirilishi ta`minlanadi.
“Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori v.b M.A.Azizkulov