“SHARG‘UNKO‘MIR” AJ O‘QUV MARKAZI “LAMPACHI” KASBI BO‘YICHA O‘QISHGA TAKLIF ETADI
“SHARG‘UNKO‘MIR” AJ O‘QUV MARKAZI “LAMPACHI” KASBI BO‘YICHA O‘QISHGA TAKLIF ETADI!
“Sharg‘unko‘mir” AJ O‘quv markazi tomonidan “Lampachi” kasbi bo‘yicha tayyorlov o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
Mazkur kurslarda ushbu kasbni egallash istagida bo‘lgan ishchi-xodimlar va fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
O‘quv kurslari davomida:
Tinglovchilar ishlab chiqarishda belgilangan texnik talablar va standartlarga muvofiq malaka tavsifida nazarda tutilgan vazifalarni mustaqil bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
O‘qishni yakunlash hamda belgilangan tartibdagi tegishli hujjatlarni taqdim etish orqali “Lampachi” kasbida faoliyat olib borish uchun zarur malaka va ruxsat talablariga muvofiq tayyorgarlikdan o‘tadilar.
Muhim: Ushbu kurslarda qatnashish uchun korxona hisob raqamiga to‘lov amalga oshirilishi shart.
Batafsil ma’lumot va murojaat uchun telefon:
+998 99 671 78 51
Manzil: “Sharg‘unko‘mir” AJ O‘quv markazi.
Bilim — muvaffaqiyat kaliti!