• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga oid xavf xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga oid xavf xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga oid xavf xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi.

Maqsad — davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarni oldindan aniqlash, xavf darajasini dalillar asosida baholash hamda ularni bartaraf etish choralarini belgilashdan iborat.

Korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va baholashda quyidagilar ishlab chiqiladi:

–  jarayonlar reyestri;

–  korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi;

–  korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni kamaytirish yoki bartaraf etish bo‘yicha chora tadbirlar dasturi;

–  korrupsiyaga oid xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati;

–  korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri;

– monitoring hisoboti.

Chora-tadbirlar dasturi va korrupsiyaga oid xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati  “E-Anticor.uz” elektron platformasida jarayonlar reyestri hamda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasidagi ma’lumotlar asosida avtomatik shakllantiriladi.

Baholash davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparati, hududiy va tarkibiy bo‘linmalarini qamrab oladi hamda maxsus bo‘linma yoki u mavjud bo‘lmaganda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

Baholashni tashkil etish va belgilangan choralar ijrosi uchun birinchi rahbar shaxsan javobgar hisoblanadi.

Baholash har yili 1-fevralga qadar o‘tkaziladi, xavf-xatarlar xaritasi va chora-tadbirlar dasturi 1-martga qadar “E-Anticor.uz” platformasi orqali Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Xavf-xatarlarni aniqlashda ichki va tashqi axborot manbalari hamda 9 turdagi shubhali holat (keng diskretsion vakolatlar, mezonlarning aniq emasligi, bevosita muloqot, jarayonning muhim bosqichlari bir shaxsda jamlanishi, takroriy shikoyatlar va boshqalar) alohida tahlil qilinadi.

Baholashda 4 ta majburiy mezon inobatga olinadi:

➖korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar statistikasi

➖murojaatlar va OAVdagi xabarlar; 

➖jarayonning raqamlashganlik darajasi va inson omili taʼsiri;

➖jarayonning huquqiy tartibga solinganlik darajasi;

Xavf belgilari dalillar asosida oddiy, muhim va og‘ir toifalarga ajratiladi. Belgini tegishli toifaga kiritish statistika, murojaatlar, xizmat tekshiruvlari, ichki audit va axborot tizimlaridagi qaydlar bilan asoslantirilishi shart.

Xavf-xatar darajasi xavf belgilari asosida aniqlanadi:

▫️past – faqat oddiy xavf belgilari mavjud bo‘lganda;

▫️o‘rta – bitta muhim xavf belgisi mavjud bo‘lib, og‘ir xavf belgisi mavjud bo‘lmaganda;

▫️yuqori – kamida bitta og‘ir xavf belgisi yoki ikki va undan ortiq muhim xavf belgisi mavjud bo‘lganda.

Agentlik korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni kamaytirish yoki bartaraf etish bo‘yicha chora tadbirlar dasturi ijrosini har yarim yilda kamida bir marta monitoring qiladi.

«SHARG’UNKO’MIR“ aksiyadorlik jamiyati Komplayens va korrupsiyaga qarshi kurash xizmati