Qurbon hayiti munosabati bilan “Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktori X.N.Abdullayevning bayram tabrigi!
223 ko'rishlar

Qurbon hayiti munosabati bilan “Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktori X.N.Abdullayevning bayram tabrigi!

Muhtaram va aziz konchilar!

Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bagʻrikenglik va saxovat ifodasi boʻlib kelgan Qurbon hayiti barchangizga muborak boʻlsin!

Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida”gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoni ijrosi oʻlaroq mana 30-yildirki Qurbon hayitining birinchi kuni yurtimizda diniy bayram – dam olish kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Mamlakatimizda masjid va madrasalar qayta tiklandi, qadimiy tarixiy obidalar yanada chiroy ochdi, diniy taʼlim tizimi tubdan isloh qilindi, diniy bilim yurtlarining umumiy shart-sharoitlari yaxshilandi. 

Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan siz azizlarni “Shargʻunkoʻmir” AJ maʼmuriyati nomidan samimiy muborakbod etaman! 

Mehribon Alloh taolo barcha ibodatlarimizni qabul aylab, ezgu maqsadlarimizni amalga oshirishda Oʻzi madadkor boʻlsin. Har-xil balo-qazolardan, ofatlardan, illatlardan Allohni oʻzi asrasin. Kelgusi Hayit bayramlarigacha tinch totuvlikda yashash nasib etsin. Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!

“Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktori 

XN.Abdullayev