• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 O`zbekistonda 2022 yil 1 sentyabrdan «E-antikorrupsiya» loyihasi ishlab kelmoqda.

O`zbekistonda 2022 yil 1 sentyabrdan «E-antikorrupsiya» loyihasi ishlab kelmoqda.

11.05.2022 yilda «Davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi (PQ-240, 11.05.2022 y.) Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan, quyidagilarni nazarda tutuvchi «e-Antikorruptsiya» loyihasi to`liq ishga tushirildi:
– davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
– «Korruptsiyaga moyil bo`lgan munosabatlar elektron reyestri»ni shakllantirish va yuritish;
– korruptsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funktsiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yo`lga qo`yish orqali bartaraf etish.

O`tgan 2024 yilda  «e-anticor.uz» elektron platformasida manfaatlar to`qnashuvi bilan bog`liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirildi. 

2024 yilda korruptsiyaga oid jinoyatlar sodir etish holatlarining kamayishiga erishildi. Xususan, 2024 yilda respublika bo`yicha jami 6 ming 898 nafar shaxs tomonidan 5 ming 716 jinoyat sodir etilgan. 2023 yilga nisbatan korruptsiyaga oid jinoyatlar “Hududgazta’minot” aktsiyadorlik jamiyati, Suv xo`jaligi, mahalliy hokimliklar hamda bank sohasida kamaygan. 

Biroq, oliy ta’lim, transport hamda qishloq xo`jaligi sohasida bu ko`rsatkich oshgan. Maktabgacha va maktab ta’limi, sog`liqni saqlash, kambag`allikni qisqartirish va bandlik sohalarida korruptsiyaga oid jinoyatlar salmog`i yuqoriligicha qolmoqda. 

Agentlik tomonidan 327 normativ-huquqiy hujjat loyihalari korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o`tkazilib, natijalariga ko`ra 327 loyihaning 71 foizida yoki 233 tasida 676 korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlandi va ularni bartaraf etish choralari ko`rildi. 

2024 yilda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 4 ta qo`shma loyiha ishga tushirildi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashish bo`yicha 2030 yilgacha mo`ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi. 

IHTTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun korruptsiyaga qarshi kurashish tarmog`i Istanbul harakatlar rejasi doirasida 5-bosqich monitoringi o`tkazildi. O`zbekistonning korruptsiyaga qarshi siyosati 83,6 ball bilan Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori baholandi.