
“Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori tomonidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o`tkazildi
O`zbekiston Respublikasining 2017 yil 25 avgustdagi O`RQ-437-sonli Qonuniga asosan, mamlakatimizda 30 iyun «O`zbekiston Respublikasi yoshlari kuni» etib belgilangan bo`lib, har yili respublikamizda «Yoshlar oyligi» doirasida keng nishonlanib kelmoqda.
Sana munosabati bilan Mamlakatimiz bo`ylab «Yangi O`zbekiston yoshlari, birlashaylik» shiori ostida «Yoshlar oyligi» keng qamrovda o`tkazilmoqda.
Jumladan 2025 yil 21-23-iyun kunlari “Sharg`unko`mir” AJ bosh direktori tomonidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Yuqori va Quyi texnologik majmualarda o`tkazildi.
Uchrashuv davomida «Sharg`unko`mir» AJ bosh direktori M.A. Azizkulov tomonidan yoshlarning savol va takliflari tinglandi.
Ushbu uchrashuvlarda asosiy maqsad— yoshlarni tinglash, ularning muammo va tashabbuslariga yechim topish hamda kelgusi rejalarni birgalikda belgilashdan iborat bo`ldi.
Yig`ilishda barcha uchastkalardagi yoshlar ishtirok etishdi. Yil davomida xulqi va ishchanligi bilan o`z tengdoshlariga o`rnak bo`layotgan xodimlar FAXRIY YoRLIQ bilan taqdirlandi. Yoshlar — kelajak rahbarlari! Bu muloqotlar esa ular uchun yangi imkoniyatlar eshigidir!




