«Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning burçimiz»
«Şarḡunkōmir» AJda korrupsiyaga qarşi kuraşiş, manfaatlar tōqnaşuvining oldini oliş hamda xodimlar ōrtasida yuksak odob-axloq tamoyillarini mustahkamlaşga baḡişlangan ma’rifiy tadbir ōtkazildi.
Tadbirda «Şarḡunkōmir» AJ Odob-axloq komissiyasi raisi Normamatov Bozor Safaraoviç hamda Komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat bōlimi boşliḡi Xalilova Şahnoza Obitjonovna iştirok etib, mavzu yuzasidan atrofliça fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida sōzga çıqqan Normamatov Bozor Safaraoviç ōz nutqida korxonada xizmat intizomiga rioya etiş, xodimlarning kasbiy faoliyatida halollik, vijdonlilik, mas’uliyat va adolat tamoyillariga amal qilişi muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi. Şuningdek, Odob-axloq kodeksi talablariga qat’iy rioya qiliş, xizmat vazifalarini bajarişda manfaatlar tōqnaşuviga yōl qōymaslik va bunday holatlarning oldini oliş har bir xodimning mas’uliyati ekanligi qayd etildi.
Komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat bōlimi boşliḡi Xalilova Şahnoza ōz ma’ruzasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida amalga oşirilayotgan işlar, manfaatlar tōqnaşuvi tuşunçasi, uning yuzaga keliş sabablari va oldini oliş mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Xodimlar ōz xizmat vazifalarini bajariş jarayonida şaxsiy manfaatlarini xizmat manfaatlaridan ustun qōymasligi, manfaatlar tōqnaşuvi yuzaga kelişi mumkin bōlgan holatlar haqida belgilangan tartibda xabar berişi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Şuningdek, tadbirda «Şarḡunōmir» AJning sovḡalarni beriş va qabul qiliş, biznes-tadbirlarni taşkil etiş va ularda iştirok etiş hamda vakillik xarajatlarini amalga oşiriş bōyiça Siyosatiga bir qator ōzgartiriş va qōşimçalar kiritilgani haqida ham ma’lumot berildi. Mazkur ōzgartirişlardan kōzlangan maqsad uşbu jarayonlarda oçiklik va şaffoflikni ta’minlaş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş, xodimlar tomonidan xizmat odobi va içki tartib-qoidalarga qat’iy rioya etilişini ta’minlaşdan iborat ekanligi tuşuntirildi.
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, uning har qanday kōrinişiga qarşi kuraşiş, oçiklik va şaffoflikni ta’minlaş hamda jamoada korrupsiyaga qarşi korporativ madaniyatni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida iştirokçilarga korrupsiyaning oldini oliş, manfaatlar tōqnaşuviga yōl qōymaslik, Odob-axloq kodeksi va korxonaning içki siyosatlari talablariga amal qiliş, xizmat faoliyatida qonuniylik hamda halollik tamoyillariga rioya etiş yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi.
Mazkur tadbirdan kōzlangan asosiy maqsad — korxonada korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş, xodimlarning huquqiy savodxonligi va mas’uliyatini yuksaltiriş, şuningdek, halollik, şaffoflik va adolat tamoyillariga asoslangan soḡlom mehnat muhitini mustahkamlaşdan iboratdir.




