Hurmatli “Sharg’unko’mir” AJ ishchi-xodimlari
“Sharg’unko’mir” AJ bosh direktorining 2022 yil 1 noyabrdagi 161-sonli buyrug’iga asosan tasdiqlangan ““Sharg’unko’mir” AJ hududiga kirish-chiqish (ruxsatnoma rejimi)ni tashkil etish bo’yicha Yo’riqnomani kuchga kiritish to’g’risida”gi yo’riqnomaning 1.5, 2.2-bandlariga ko’ra ““Sharg’unko’mir” AJ hududiga Nazorat O’tish Punktlari orqali ishchilar, xizmatchilar “Xizmat guvohnoma”lari va magnit kartalar orqali, tashrif buyuruvchilar, vazirliklar (idoralar) xodimlari shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan belgilangan namunadagi ruxsatnomalar asosida o’tkaziladi” deb belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Sharg’unko’mir” AJ barcha ishchi-xodimlari yangi turdagi “Xizmat guvohnoma”lari bilan jamiyat hududiga kirib-chiqishni amalga oshirishlari so’raladi. Jamiyat Nazorat O’tish Punktlarida “Qo’riqlash xizmati” xodimlari tomonidan “Xizmat guvohnoma”lari so’ralganda taqdim etilmagan hollarda jamiyat hududiga kirtilmasligi haqida ogohlantiramiz.