• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 Faxriylarga ehtirom — yuksak qadr ifodasi

Faxriylarga ehtirom — yuksak qadr ifodasi

Har yili yurtimizda 9-may sanasi Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana nafaqat tarixiy xotira, balki butun xalqimiz uchun saboq, ibrat va shukronalik kunidir. Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug` qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug`, nuroniylarga bo`lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir. Jumladan bu yil ham yurtimizda 9 may — Xotira va qadrlash kuni keng va munosib nishonlanmoqda.  

Sana munosabati bilan «Sharg`unko`mir» AJda mehnat qilib kelayotgan 2 nafar afg`on urushi qatnashchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va xalq osoyishtaligi yo`lida xizmat qilgan faxriylarimizga chuqur hurmat va ehtirom ko`rsatildi. Korxona rahbariyati hamda kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan ularga qimmatbaho sovg`alar hamda pul mukofotlari topshirilib, samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi.

Uchrashuv davomida afg`on urushi qatnashchilari o`z hayot yo`li, xizmat davridagi xotiralari va bugungi tinch hayotning qadri haqida fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Yoshlarga vatanparvarlik, sabr-toqat va yurtga sadoqat haqidagi nasihatlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Bunday e’tibor va hurmat faxriylarimizga bo`lgan yuksak qadr-ehtiromning amaliy ifodasi bo`lib, ularning jasorati va xizmatlari hech qachon unutilmasligini anglatadi.