“EKSIM” banki mutaxassis xodimlari bilan “Sharg’unko’mir” AJ rahbariyati o’rtasida qurib bitkazilgan modernizasiya loyihasi bo’yicha ma’lumotlar almashildi
Xitoy xalq Respublikasining “EKSIM” bankidan tashrif buyurgan mutaxassis xodimlari ya’ni bank bo’lim boshlig’i Xan Syaopin va Menedjeri Lyu Jijen bilan “Sharg’unko’mir” AJ rahbariyati tomonidan 10-shtolnya hududida qurib bitkazilgan modernizatsiya loyihasi to’g’risida ma’lumotlar almashildi, ushbu uchrashuvda modernizatsiya loyihasida “EKSIM” bank tomonidan ajratilgan kredit mablag’ini maqsadli ishlatilishi va kelgusida “Sharg’unko’mir” AJning istiqbolli rejalari to’g’risida fikr almashildi. Xitoy xalq Respublikasining “EKSIM” bankidan tashrif buyurgan mutaxassis xodimlar “Sharg’unko’mir” AJda loyihani, ishlab chiqarish jarayonini kuzatib, loyiha to’g’risida ijobiy ma’lumotlarga ega bo’lishdi hamda kelgusida yana hamkorlik qilish to’g’risida o’z takliflarini berib o’tishdi.
“Sharg`unko`mir” AJ matbuot xizmati