“Sharg’unko’mir” AJ bosh direktori Azizkulov Maʼrufjon Abduxafiz oʻgʻlining Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigi
1,122 ko'rishlar

“Sharg’unko’mir” AJ bosh direktori Azizkulov Maʼrufjon Abduxafiz oʻgʻlining Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli hamkasblar!

           Yurtimizda uygʻonish, yasharish, yangilanish ayyomi – Navroʻzi olam nafasi ufurib turibdi. Xalqimiz ushbu qutlugʻ shodiyonani har yili oʻzgacha shukuh va kayfiyat bilan qarshi oladi. Allohga shukrki, ona-yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod. Ana shunday ozod yurtning obod manzillarida esa sizu biz azaliy ayyom – Navroʻzi olamni zoʻr quvonch va katta xursandchiliklar ila qarshi olmoqdamiz.

            Ushbu fursatdan foydalanib Sizlarni yangilanish va yosharish bayrami boʻlmish Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etaman. Yurtimiz ravnaqi va xalqimizning farovonligi yoʻlida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda omad yor boʻlsin! Tez va jadal surʼatlarda yangilanib borayotgan serquyosh Oʻzbekistonimizning buyuuk kelajagi yoʻlida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz samarasi doimo unumli boʻlishiga tilakdoshman.

             Navroʻz bayramingiz muborak boʻlsin!

             Hurmat bilan

Bosh direktor

Azizkulov Maʼrufjon Abduxafiz oʻgʻli