• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 «Davlat xaridlari toʻgʻrisida»gi Qonuniga muhim oʻzgartirishlar kuchga kirdi

«Davlat xaridlari toʻgʻrisida»gi Qonuniga muhim oʻzgartirishlar kuchga kirdi

2025 yil 1 martdan Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari toʻgʻrisida»gi Qonuniga muhim oʻzgartirishlar kuchga kirdi

Yangiliklar davlat xaridlari tizimining samaradorligi, shaffofligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan.  Oʻzgartirish va qoʻshimchalar orasida xarid qilish tartib-taomillarining ikkita yangi turi, hadli kelishuvni tuzish qoidalarining yangilanishi, davlat xaridlari tamoyillarining toʻldirilishi, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish choralarining kuchaytirilishi bor.

Ayrim asosiy oʻzgarishlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtamiz:

Davlat xaridlarining ikkita yangi turi joriy etildi; kichik qiymatdagi xaridlarning soddalashtirilgan tartibi va ikki bosqichli davlat xaridlari, ularni tuzish tartibi Qonunga kiritilgan qoʻshimcha 5-1 va 8-1 boblar bilan tartibga solinadi.

1.Kam qiymati xarid qilishning soddalashtirilgan tartib-taomili xarid qilish tartib-taomillari axborotning ochiq manbalaridagi narxlarni taqqoslash yoʻli bilan yoki tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni kamida uchta potensial etkazib beruvchidan narxlarni soʻrab olish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Xaridning bu turi tovar(ish, xizmat)larni kam miqdorda sotib olish jarayonini tezlashtiradi.

Ushbu xaridlar Qonunning 61-moddasida nazarda tutilgan xarid oʻrniga amalga oshirildi.

Bunday xarid quyidagi cheklovlar bilan amalga oshirilshi mumkin:

-Korporativ buyurtmachilar uchun bitta shartnoma boʻyicha bazaviy xisoblash miqdorining 50 baravarigacha, BXMning 25 baravarigacha-byudjet tashkilotlari uchun;

Soddalashtirilgan tartib-taomil boʻyicha xaridlarning umumiy yillik hajmi korporativ buyurtmachilar uchun BXMning 1000 baravaridan va byudjet buyurtmachilari uchun BXMning 500 baravaridan oshmasligi kerak.

Soddalashtirilgan haridda ESGZda e’lon berish talab etilmaydi. Eng past narxni taklif qilgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisida ma’lumotlar 5 ish kuni ichida YaIDXPga joylashtiriladi.

2.Ikki bosqichli davlat xaridlari-xaridlarning raqobatli turi boʻlib, oʻzaro bogʻliq ikki bosqichda amalga oshiriladi. Xaridlarning ushbu turi murakkab tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun moʻljallangan boʻlib, ular boʻyicha barcha texnik va ekspluatasion xususiyatlarni oldindan aniqlash mumkin emas (masalan, innovasion ishlamalar, yoki yirik qurilish loyixalari).

Birinchi bosqichda ishtirokchilar oʻzlarining texnik takliflarini beradilar. Takliflarni koʻrib chiqishda buyurtmachining ehtiyojlari, sotib

 olinadigan buyumning maqsadi va vazifalari hisobga olinadi, natijada malakali ishtirokchilar tanlab olinadi.

Ikkinchi bosqichda kamida ikki nafar ishtirokchi birinchi bosqichdan oʻtkan taqdirda oʻtkaziladi. Ikkinchi bosqichga kelib buyurtmachi kelib tushgan dastlabki takliflarga muvofiq oʻzining dastlabki talablarini qayta koʻrib chiqadi va takomillashtiriadi, bunda xarid predmetini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shundan soʻng, 20 ish kuni ichida birinchi bosqichdan muvafaqiyatli oʻtgan ishtirokchilarga oʻzgartirilgan xarid xujjatlari yuboriladi va yakuniny takliflarni taqdim etish orqali xaridda ishtirok etish taklif etiladi.

Ikki bosqichli xarid natijalariga koʻra buyurtmachi gʻolib bilan shartnoma tuzadi va u toʻgʻrisidagi axborotni 5 ish kuni ichida YaIDXPga joylashtiradi.

3.Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar toʻgʻrisidagi axborotni davlat buyurtmachilari ular tuzilgan paytdan e’tiboran besh ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirilishi shart. Agar tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portaliga joylashtirilmaganboʻlsa, ushbu shartnomalar boʻyicha tanlof amalga oshiriladi.

4.Hadli kelishuv tuzishni nazarda tutuvchi 38-2-modda kiritildi. Bu ayniqsa, yil davomida muntazam ravishda tovarlar yoki xizmatlarni xarid qilish kerak boʻlsa, juda qulay.

Buyurtmachi tanlov yoki tender natijalari boʻyicha aniqlanadigan bir necha gʻolib bilan bir yildan uch yilgacha muddatga hadli kelishuv tuzishi mumkin. Xarid qilish hujjatlarida buyurtmachi hadli kelishuv tuzishni shartlarini, shuningdek hadli bitimning amal qilish muddati davomida moʻljallanayotgan haridlar hajmidan kelib chiqgan holda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) umumiy hajmini koʻrsatadi.Bunday davlat buyurtmachisi hadli bitimda koʻrsatilgan toʻliq summaga shartnoma tuzishi shart emas. Hadli bitimlarni tuzish va amalga oshirish xarid shartlarini ma’lum muddatga oldindan belgilash imkonini beradi.

Yangilangan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun davlat xaridlarining samarali, shaffof va barqaror tizimini yanada rivojlantirish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, nazoratni kuchaytirish va xaridlar tizimiga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi