Boshqaruv rahbariyati Surxondaryo viloyatida
Bugun, 2023-yil 19-iyul kuni «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi vazifasini v.b. Z.Narzullayev rahbarligidagi Ishchi guruh temir yo’l sohasidagi tarkibiy bo’linmalari faoliyati bilan yaqindan o’rganish uchun Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi PQ–2727-sonli ““Sharg‘unko‘mir” AJni modernizatsiya qilish” qarori asosida ishga tushirilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni bilan tanishildi.
Z.Narzullayev joylarda olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, investisiya loyiha doirasida qurilayotgan yangi obyektlarni ko’zdan kechirdi va mazkur loyiha belgilangan muddatlarda amalga oshishiga qat’iy rioya etilishini ta’minlanishga alohida ahamiyat qaratdi. Investisiya loyihasini ishga tushirish bo‘yicha mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ko‘mir qazib chiqarish hajmini oshirish, ko‘mirni eksport qilish salohiyatini oshirish, tashkil etilgan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, yangi qurilgan shohobcha temir yo‘l uchastkalaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud temir yo‘l uchastkalarini ta’mirlash bo‘yicha keskin topshiriqlar berilib, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.
Shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarga e’tibor qaratdi va mutasaddilarga tegishli topshiriq berib ularni tezda hal qilish lozimligini ta’kidladi. Z.Narzullayev obyektlarni qurish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo’lgan rahbar va xodimlarga tegishli ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo’yicha aniq ko’rsatmalar berdi.
Ishchi guruhning ushbu mintaqadagi tashrifi davom etmoqda.
«O’zbekiston temir yo’llari» AJ Axborot-tahliliy media markazi materiallari asosida tayyorlandi