Boshqaruv rahbari Surxondaryo viloyatiga tashrifini davom ettirmoqda.  
250 ko'rishlar

Boshqaruv rahbari Surxondaryo viloyatiga tashrifini davom ettirmoqda.  

Avval xabar berganimizdek, “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Z.Narzullayev rahbarligidagi Ishchi guruh Surxondaryo viloyatiga tashrifini davom ettirmoqda. Ishchi guruhning navbatdagi manzili “Termiz mintaqaviy temir yo’l uzel” unitar korxonasi bo’ldi.

Z.Narzullayev Termiz MTU va liniya korxonalari rahbarlari bilan yig’ilish o’tkazdi. Unda joriy jarayonlarni optimallashtirish va korxonalar samaradorligini oshirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. 

Shu bilan birga, Z.Narzullayev MTU Termiz tasarrufidagi vokzallarga tashrif buyurdi, yo’lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bugungi kunda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish sifati qoniqarsiz holatda, muammolar yetarlicha, – deya qayd etdi Z.Narzullayev. – Buni yaxshilashni ertaga emas, balki bugundan boshlashimiz shart.

Ishchi guruhning viloyatlardagi tashrifi davom etmoqda

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ Axborot-tahliliy media markazi materiallari asosida tayyorlandi