2022-2026 yillar uchun Jamiyatni rivojlantirish strategiyasi

“Sharg’unko’mir” AJ ko’mir konining qurilishi 1939 yildan boshlangan bo’lib, 1958 yilda Sharg’unko’mir koni ishga tushirilgan. Shaxtani ekspluatatsiyaga  topshirilgandan so’ng “Sharg’unko’mir” shaxta boshqarmasi tashkil etilgan.

            1958 yildan 2019 yilga qadar qazib olingan ko’mir  8 467,0 ming tonnani tashkil etdi. Shaxtaning bugungi kungacha bo’lgan tarixida eng yuqori ko’mir qazib olish ko’rsatkichi 2019 yilda erishilgan bo’lib, u  245,0 ming tonnani tashkil etgan.

             “O’zbekko’mir” AJ va “Sharg’unko’mir” AJni “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tarkibiga o’tkazish hamda ko’mir sanoati korxonalarini moliyaviy sog’lomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 noyabrdagi PQ -3380 sonli qarori qabul qilingandan so’ng  “Sharg’unko’mir” AJda haqiqiy  rivojlanish bosqichlari boshlandi. Bu asosiy ko’rsatkichlarning yildan yilga o’sishi bilan o’z isbotini  topmoqda.

2020 yil yanvar-avgust oylarida 164,4 ming tonna ko’mir qazib olinib. O’tgan  yilga nisbatan o’sish sur’ati 117,7 % ni  tashkil qiladi. Yil yakuniga qadar yana 97,0 ming tonna ko’mir qazib olish ko’zda tutilgan bo’lib  62 yillik rekord ko’rsatkichni yangilash rejalashtirilgan.

Yoqilg’i ortish  bo’yicha 162,5  ming tonna ortilib o’tgan  yilning mos davrida  o’sish sur’ati    113,0% ni  tashkil qiladi. Yil yakuniga qadar yana 100 ming tonna yoqilg’i ortish ko’zda tutilgan.

hozirgi kunda korxonaning asosiy iste’molchilari “O’zbekenergo”  AJ  tarkibidagi  korxonalar  “Аngren IES” AJ ,  “Yangi  Angren  IES” AJ va  Respublika  tovar  xomashyo birjasi   hisoblanadi.

     Shu bilan bir qatorda, “Sharg’unko’mir” AJ tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika eksport salohiyatini oshirish bo’yicha bergan topshiriqlariga asosan, jamiyatda ichki ehtiyojni qondirgan holda, toshko’mirni eksport qilish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

           Olib borilgan muzokaralar mahsuli sifatida “Sharg’unko’mir” AJ va “Boysunko’mir” MCHJ tashkilotlarida qazib chiqarilgan SSSSH va TR markali qariyb 300 tonna toshko’mir Surxondaryo viloyati Darband temir yo’l stansiyasidan to’g’ridan-to’g’ri shartnoma asosida 1 tonnasiga 67,0 AQSH dollari qiymatida Pokiston Islom Respublikasiga dastlabki sinov tariqasida foydalanish uchun yuborildi.

            Bundan tashqari, qazib chiqarilayotgan toshko’mir mahsulotlarini ya’ni kelajakda Pokiston, Afg’oniston va Eron Islom Respublikalariga eksport qilish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

2020 yil yanvar-avgust holatida korxonaning jami daromadlari 57 031,0 mln.so’m bo’lib o’tgan yilning mos davriga nisbatan 46 894,0 mln.so’mga yoki 22 % ga oshgan.

Barcha soliq va boshqa byudjet to’lovlarini amalga oshirgandan keyin korxonaning 2020 yil yanvar-avgust  holatida sof foydasi 1 744,0 mln.so’m bo’lishi kutilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar.

Ma’lumki, O`zbekison Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi ““Sharg`unko`mir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshko`mir qazib olishga yetkazish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq korxonada katta qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Barcha tsexlar qayta rekonstruktsiya qilinib, yangilari barpo etildi. Shunga muvofiq, “Sharg`unko`mir” aktsiyadorlik jamiyatini Modernizatsiya qilish bo`yicha mazkur yirik investitsiya loyihasining buyurtmachisi sifatida Xitoyning “China Railway Tunnel Group Co., Ltd.” va “China Coal Technology & Engineering Group Corp. kompaniyalari bilan o`zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi. Loyihaning umumiy qiymati 105,5 million AQSh dollarini tashkil etdi. Shu jumladan, 89,8 million AQSh dollari esa bevosita Xitoy Xalq Resublikasining Eksimbanki hisobidan olindi.

Ajratilgan mablag`lar hisobiga yuqori ish unumdorligiga ega zamonaviy uskunalarni joriy etgan holda korxonaning texnik va texnologik bazasini qayta yangilash hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shu bilan bir qatorda ko`mir qazib olish hajmini yiliga 900 ming tonnagacha oshirish imkoniyatini yaratish ko`zda tutilgan. Buning natijasi o`laroq, ko`mir qazib olish tannarxini sezilarli kamaytiradi.

Joriy yilning yanvarь oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ko`mir va uran ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishib, mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi o`sishi bilan energiya quvvatlariga talab oshib borayotganiga alohida e’tibor qaratilgandi.

Ushbu ehtiyojni ta’minlash uchun barcha manbalar qatori ko`mir qazib olish hajmi kengaytirilgani va oxirgi besh yilda bu ko`rsatkich yiliga 4 million tonnadan 5 million 300 ming tonnaga oshirildi. Hisob-kitoblarga ko`ra, yurtimiz hududida qariyb 2 milliard tonna ko`mir zaxiralari mavjud. Davlatimiz rahbari bu salohiyatdan samarali foydalanib, ko`mir qazib olish hajmini izchil oshirish vazifasini qo`ygan edi.

              “O’zbekiston temir yo’llari”  AJ  ning  2019 yil 26 sentabrdagi 1133-N-sonli va 2020 yil 20 yanvardagi 63-N-sonli buyruqlariga asosan tashkil etilishi “Sharg’unko’mir” AJ ga yuklatilgan korxonalar bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1.Metall konstruksiyalar va metall buyumlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish

 “Sharg’unko’mir” AJ Kuzatuv kengashining 2020 yil 28 yanvardagi 20-sonli yig’ilish bayonnnomasiga asosan, “Sharg’un mexanika zavodi” MCHJ tashkil etilib, faoliyati to’liq yo’lga qo’yilgan. Kelgusida korxona faoliyatini kengaytirish, ish o’rinlarini yanada ko’paytirish hamda boshqa tashkilot buyurtmalari va aholi ehtiyoji uchun zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

2.Briket ko’mir ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish

 “Sharg’unko’mir” AJ Kuzatuv kengashining 2020 yil 7 fevraldagi 24-sonli yig’ilish bayonnnomasiga asosan, “Sharg’un Briket” MCHJ tashkil etilib, bino tanlanib, binoning ustki tom qismini yopish va pardozlash ishlari yakunlandi. Ko’mir briketini ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar o’rnatilgan bo’lib, hozirgi kunda ishlab chiqarilgan briket mahsulotining sifati (мех.прочность)ni oshirish  maqsadida “ Kimyoviy Texnologiya” MCHJ bilan muzokaralar olib borildi va yahshi natijalarga erishildi. Bundan tashqari, briket ko’mir mahsuloti uchun tegishli muvofiqlik sertifikati olindi, hamda ishlab chiqariladigan briket ko’mir mahsulotini sotish bo’yicha mahalliy aholi, byudjet tashkilotlar va boshqa korxonalar talabini o’rganish ishlari olib borilmoqda. Shu kungacha yangi 7 ta ish o’rni yaratilgan.

3.Tikuvchilik sexi tashkil etish

“Sharg’unko’mir” AJ Kuzatuv kengashining 2020 yil 8 iyundagi 27-sonli yig’ilish bayonnnomasiga asosan, “Sharg’un Tikuvchilik Sexi” MCHJ tashkil etildi.. “Sharg’un Tikuvchilik Sexi” MCHJ uchun bino tanlanib,  joriy ta’mirlandi va  foydalanishga topshirildi. Surxondaryo viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi 135 350.0 ming so’m mablag’lari hisobidan korxonaga 30 turdagi tikuvchilik dasgohlari olib kelinib o’rnatildi. Shu kungacha yangi 20 ta ish o’rni yaratilgan. Kelgusida 50 ga yaqin yangi ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan. Hozirgi kunda  “Sharg’unko’mir” AJda hamda unga qarashli kichik korxonalarda umumiy hisobda  jami 712 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Shu jumladan  174 nafar muhandis-texnik  xodimlar, 538 nafar konchi va turli kasb egalari hisoblanadi. 2020 yil yanvar- avgust holatida 71 nafar ishchi  ishga qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi PQ – 2727 – sonli qarorida “Sharg’unko’mir” AJ ni modernizatsiyalash, yiliga 900 ming tonna tosh ko’mir qazib chiqarish to’g’risidagi loyihani amalga oshirish belgilangan. PQ-2727 to’liq matni bilan rus tilida tanishib chiqishingiz mumkin.

13.01.2017 dа qabul qilingan PQ-2727ni yuklab olish