“Temir yo`lchilar kuni” hamda “Shaxtyorlar kuni” kasb bayrami…
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti xodimlari kunini nishonlash to’g’risida”gi PF-5128-sonli Farmoni hamda “O’zbekiston temir yo’llari” AJning 2021 yil 16 iyuldagi №737-N-sonli buyrug’i asosida, O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi tantanalari arafasida Davlatimiz transporti tizimining rivojlanishida alohida o’rin egallagan, mamlakatimiz iqtisodiyotining taraqqiyotida keng ko’lamli islohot va qurilishlarni amalga oshirayotgan temiryo’lchilarning kasb bayramini tantanali nishonlash, shuningdek “Shaxtyorlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir juda ko’tarinki kayfiyatda, karantin talablariga rioya qilingan holda o’tkazildi.
Tadbir davomida “Sharg’unko’mir” AJ bosh direktori Abdullayev Xamza Nayimovich so’zga chiqib, jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan fidoyi, mehnatkash, jonkuyar, vatanparvar ishchi-xodimlarni Mustaqilligimizning 30 yilligi hamda “Shahtyorlar kuni” kasb bayrami bilan tabriklab, ularga mustahkam sog’lik, bukilmas iroda va oilaviy hotirjamlik, xonadonlarga qut-baraka, qalblarda quvonch, omad va muvofaqqiyatlar hamroh bo’lishini Allohdan so’rab, samimiy tilaklarini bildirib o’tdilar.
Shuningdek tadbirda, “Sharg’unko’mir” AJ Kasaba uyushma qo’mitasi raisi Danayev Mansur Xamroqulovich, bosh muhandis Surxonov Shavkat Jo’rakulovich hamda ilg’or konchi va turli kasb egalari bo’lgan ishchi-xodimlar so’zga chiqib, tabrik va tilaklar bildirib, yurtimiz hamisha obod, mehnatkash xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo’lishini tilab, barchani bayram bilan tabrikladilar.
Tadbirda yigirma nafardan ortiq “Sharg’unko’mir” AJda ko’p yillar samarali mehnat qilgan, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki bilan yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga hissa qo’shayotgan, sohada uzoq yillar davomida mehnat qilib jamoasida hurmatga sazovor bo’lgan eng faol va ilg’or xodimlar “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan qimmatbaho sovg’alar va faxriy yorliqlar, shuningdek “Sharg’unko’mir” AJ ma’muriyati va “Sharg’unko’mir” AJ kasaba uyushma qo’mitasi bilan birgalikda tayyorlangan qimmatbaho sovg’alar va 3-darajali “Konchilik shuhrati” ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Eslatma: 1.Temir yo’l transporti sohasidagi samarali mehnatlari, ishdagi yutuqlari va tashabbus ko’rsatayotganliklari hamda temiryo’lchilar kasb bayrami munosabati bilan quyidagi xodimlar “O’zbekiston temir yo’llari” AJ hamda “Sharg’unko’mir” AJ rayhbariyati nomidan Faxriy yorliq va O’zbekiston Respublikasida joriy etilgan bazaviy hisoblashning to’rt barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar:
1) Musoyev Qodir Yusuf o’g’li – «1-sonli yer osti usulida ko’mir qazib olish» uchastkasi yer osti proxodchigi;
2) To’rayev Tursun Xolmahmatovich – Avtosaroy ko’mir tashish avtoulovi haydovchisi;
3) Ismatov Hurram Mahamadiyevich – «Ko’mirni qabul qilish va yuklash» uchastkasi ta’mirlovchi – chilangari;
4) Haitov Panji Xursanovich – «Boysunko’mir» mas’uliyati cheklangan jamiyati tozalash zaboyi tog’-kon ishchisi;
5) Divonkulov Uktam Jumayevich – Temir yo’l transporti uchastkasi poyezdlarni tuzuvchisi;
6) Donayev Rustam Xamrokulovich – «Energomexanika ta’mir xizmati va profilaktika ishlari» uchastkasi yer osti elektrchilangari.
III – darajali “Konchilik shuxrati” ko’krak nishoni va O’zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to’lashning bazaviy hisoblashi bo’yicha ikki barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlangan hodimlar:
1) Azizov Jurabek Gulmatovich – tozalash zaboyi yer osti tog’ ishchisi;
2) Djurakulov Shamsiddin Lutfilloyevich – yer osti proxodkachisi;
3) Kaimov Amirkul Holmamatovich – yer osti proxodkachisi;
“Sharg’unko’mir” AJ rahbariyati nomidan “qimmatbaho sovg’a” bilan taqdirlanganlar:
1) Tursunov Farhod Fayzulloyevich -tog’ lahmrini ta’mirlash bo’yicha yer osti tog’ ishchisi;
2) Xursanov Jabbor Abdullo o’g’li – yer osti tog’ ishchisi;
3) Suyunov Rahmatullo Mahamadiyevich – yuzadagi ishlar tog’ ishchisi;
4) Umarov Sanjar Hamdamqul o’g’li – yuzadagi ishlar tog’ ishchisi; 5) Gapparov Boboyor Bozorovich – Ekskavator mashinisti;