“Sharg‘unko‘mir” AJda 2026-yil III chorak davomida fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlari ko‘rib chiqildi
“Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning III choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari sarhisob qilindi.
Hisobot davrida jamiyat rahbariyati nomiga jami 105 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar yozma, og‘zaki, elektron pochta hamda boshqa aloqa vositalari orqali qabul qilingan.
Murojaatlarning shakllar kesimidagi tahliliga ko‘ra:
- 43 ta — og‘zaki murojaat;
- 32 ta — yozma murojaat;
- 30 ta — elektron pochta orqali kelib tushgan murojaat.
Kelgan murojaatlarning 67 tasi ijobiy hal etilgan, 19 tasiga tushuntirish berilgan, 18 tasi rad etilgan. 1 ta murojaat esa ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan.
Murojaatlarning asosiy yo‘nalishlari
2026-yil III chorak davomida kelib tushgan yozma murojaatlarda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:
- Ishga joylashish masalasi — 19 ta;
- Moddiy yordam so‘rash — 11 ta;
- Boshqa ishga o‘tish masalasi — 14 ta;
- Amaliy yordam so‘rash — 10 ta;
- Boshqa masalalar — 51 ta.
Rahbariyat tomonidan fuqarolar qabuli
Hisobot davrida fuqarolar va murojaatchilar bilan bevosita muloqotni ta’minlash maqsadida jamiyat rahbariyati tomonidan qabullar tashkil etildi.
Jumladan, “Sharg‘unko‘mir” AJ bosh direktori tomonidan 52 nafar, bosh muhandis tomonidan 26 nafar, bosh direktorning iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan esa 27 nafar fuqaro qabul qilindi.
Murojaatlar bilan ishlash — doimiy e’tiborda
“Sharg‘unko‘mir” AJda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik talablariga muvofiq o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqish, fuqarolarning muammolariga yechim topish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jamiyat rahbariyati fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va ularning qonuniy hal etilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi.
“Sharg‘unko‘mir” AJ matbuot xizmati