“Sharg‘unko‘mir”AJda 28 aprel–“Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan davra suhbati
Joriy yilning 28 aprel kuni “28 aprel–Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Sog’lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida Tog‘ kon geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat qilish inspeksiyasi Janubiy mintaqaviy boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Q.Xoliqov va J.Ro’ziyev hamda Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori Q.I.Komilovlar ishtirokida “Sharg‘unko‘mir”AJ Boshqaruv apparati “Majlislar zalida” muhandis texnik va ishchi xodimlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suxbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24-dekabrdagi Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to’g’risidagi 819- sonli qarori va qonun osti hujjatlari to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berildi, ularning bilim va ko‘nikmalari oshirildi shuningdek “28 aprel–Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ning maqsadi haqida tushuncha berildi jumladan ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni oldini olish, xodimlarni xavfsizlik qoidalariga o‘rgatish, xavflarni minimallashtirish hamda zamonaviy texnologiyalar, raqamlashtirish tizimlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratishdir.





