“Sharg‘unko‘mir” AJ da Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha o’quv taktik mashg‘uloti bo’lib o’tdi
Ma’lumki O’zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar Vazirining 2025 yil 1-noyabr kunidagi 205-sonli buyrug’iga asosan 2026 yilning 1-apreldan 1-may kuniga qadar “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida 2026 yil 9-aprel kuni “Sharg‘unko‘mir”AJ da Favqulodda vaziyatlar yuz berganda ishlab chiqarishda va aholi o‘rtasida xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rish, jabrlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish va shu kabi shoshilinch harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha Sariosiyo tuman FVB hamkorligida o’quv taktik mashg‘uloti o’tkazildi. Unda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Janubiy mintaqaviy boshqarma bosh mutaxassislari Sh.Q.Xoliqov, J.D.Ro‘ziyev, O‘.M.Mallayev, Sariosiyo tuman FVB 16 KQQ boshlig`i R.M.Bo`riyev, “Sharg‘unko‘mir”AJ Bosh muhandisi M.R.Pardayev, Bosh muhandisning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘rinbosari – bo’lim boshlig‘i A.Yu.Shukurov, 1- sonli Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi xodimlari, “Sharg‘unko‘mir”AJ Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo`limi boshlig`i – Fuqaro muhofazasi bo’yicha mas’ul xodim X.A.Toshqulov, Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xodimlari hamda muhandis texnik xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quv mashg‘ulotni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni muhofaza qilish, yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, tabiiy ofatlar (zilzila, ko’chkilar, suv toshqinlari, kuchli shamol, qor ko’chishi) kabi ko‘ngilsiz holatlarda to’g’ri harakatlar qilish, shuningdek, olovli va gazga xavfli ishlarni qay tartibda olib borish yuzasidan xodimlarga nazariy profilaktik davra suhbati hamda ko‘rgazmali texnikalar namoyishi va taktik o’quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tashkil etilgan tadbirda xodimlarga barcha jarayonlar ularning bevosita ishtirоkida maxsus texnikalar jalb qilingan holda amaliy ko‘rsatib berildi va shu orqali bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirib borildi.
1-sonli Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi tomonidan maxsus texnikalar jalb qilingan holda gor+1188 metr 10-sonli shtol’nyada taktik o’quv mashg’uloti o‘tkazildi. Taktik o’quv mashg’uloti yer ostida elektr energiyasida qisqa tutashuv natijasida yong’in sodir bo’lgan va baxtsiz hodisada jabrlanganlarni qidirib topish, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish, shuningdek jabrlanuvchini toza havoga olib chiqish va tibbiyot xodimlariga topshirish hamda yong‘inni o‘chirib avariyani bartaraf etish vazifasi bajarildi.
Bu kabi tadbirlardan ko`zlangan maqsad favqulodda vaziyatlarda insonlarning o`zini qanday tutishi, atrofdagilarga qanday yordam berishi mumkinligi amaliy jihatdan ko`rsatib berishdan iboratdir.
Quyida tadbirdan olingan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin












“Sharg`unko`mir” AJ matbuot xizmati va Fuqaro muhofazasi xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi