“Sharg’unko’mir” AJ ko’mir konining qurilishi 1939 yildan boshlangan bo’lib, 1958 yilda Sharg’unko’mir koni ishga tushirilgan. Shaxtani ekspluatatsiyaga  topshirilgandan so’ng “Sharg’unko’mir” shaxta boshqarmasi tashkil etilgan.

            1958 yildan 2019 yilga qadar qazib olingan ko’mir  8 467,0 ming tonnani tashkil etdi. Shaxtaning bugungi kungacha bo’lgan tarixida eng yuqori ko’mir qazib olish ko’rsatkichi 2019 yilda erishilgan bo’lib, u  245,0 ming tonnani tashkil etgan.

             “O’zbekko’mir” AJ va “Sharg’unko’mir” AJni “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tarkibiga o’tkazish hamda ko’mir sanoati korxonalarini moliyaviy sog’lomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 noyabrdagi PQ -3380 sonli qarori qabul qilingandan so’ng  “Sharg’unko’mir” AJda haqiqiy  rivojlanish bosqichlari boshlandi. Bu asosiy ko’rsatkichlarning yildan yilga o’sishi bilan o’z isbotini  topmoqda.

2020 yil yanvar-avgust oylarida 164,4 ming tonna ko’mir qazib olinib. O’tgan  yilga nisbatan o’sish sur’ati 117,7 % ni  tashkil qiladi. Yil yakuniga qadar yana 97,0 ming tonna ko’mir qazib olish ko’zda tutilgan bo’lib  62 yillik rekord ko’rsatkichni yangilash rejalashtirilgan.

Yoqilg’i ortish  bo’yicha 162,5  ming tonna ortilib o’tgan  yilning mos davrida  o’sish sur’ati    113,0% ni  tashkil qiladi. Yil yakuniga qadar yana 100 ming tonna yoqilg’i ortish ko’zda tutilgan.

hozirgi kunda korxonaning asosiy iste’molchilari “O’zbekenergo”  AJ  tarkibidagi  korxonalar  “Аngren IES” AJ ,  “Yangi  Angren  IES” AJ va  Respublika  tovar  xomashyo birjasi   hisoblanadi.

     Shu bilan bir qatorda, “Sharg’unko’mir” AJ tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika eksport salohiyatini oshirish bo’yicha bergan topshiriqlariga asosan, jamiyatda ichki ehtiyojni qondirgan holda, toshko’mirni eksport qilish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

           Olib borilgan muzokaralar mahsuli sifatida “Sharg’unko’mir” AJ va “Boysunko’mir” MCHJ tashkilotlarida qazib chiqarilgan SSSSH va TR markali qariyb 300 tonna toshko’mir Surxondaryo viloyati Darband temir yo’l stansiyasidan to’g’ridan-to’g’ri shartnoma asosida 1 tonnasiga 67,0 AQSH dollari qiymatida Pokiston Islom Respublikasiga dastlabki sinov tariqasida foydalanish uchun yuborildi.

            Bundan tashqari, qazib chiqarilayotgan toshko’mir mahsulotlarini ya’ni kelajakda Pokiston, Afg’oniston va Eron Islom Respublikalariga eksport qilish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

2020 yil yanvar-avgust holatida korxonaning jami daromadlari 57 031,0 mln.so’m bo’lib o’tgan yilning mos davriga nisbatan 46 894,0 mln.so’mga yoki 22 % ga oshgan.

Barcha soliq va boshqa byudjet to’lovlarini amalga oshirgandan keyin korxonaning 2020 yil yanvar-avgust  holatida sof foydasi 1 744,0 mln.so’m bo’lishi kutilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi “Sharg’unko’mir” AJning loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshko’mir qazib chiqarishga yetkazgan holda uni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2727 sonli qarori ijrosi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 87,54 mln. dollar miqdoridagi mablag’ o’zlashtirildi (“Sharg’unko’mir” AJ mablag’lari hisobidan 7,14 mln. dollar hamda 80,4 mln. dollar Xitoyning Eksimbanki kreditlari hisobidan).

Sifatli ko’mir qazib olish, korxona ishchi hodimlariga yangi ish o’rinlar yaratish maqsadida 15-sonli yangi shtolnyada 230 p.m kon lahmi o’tilib,  L-800 markali lentali konveyerni korxonaning malakali  muhandis texnik xodimlar va ishchilar yordamida yasab o’rnatildi.

  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2019 yil 30 aprel va 1 may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi 17-sonli majlis bayoni, “2019-2022 yillarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani va Sharg’un shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi 711-sonli qaroriga asosan “Sharg’unko’mir” AJ ishlab chiqarish bazasi hududida yangi sanoat korxonalarini tashkil qilish ko’zda tutilgan.

              “O’zbekiston temir yo’llari”  AJ  ning  2019 yil 26 sentabrdagi 1133-N-sonli va 2020 yil 20 yanvardagi 63-N-sonli buyruqlariga asosan tashkil etilishi “Sharg’unko’mir” AJ ga yuklatilgan korxonalar bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1.Metall konstruksiyalar va metall buyumlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish

 “Sharg’unko’mir” AJ Kuzatuv kengashining 2020 yil 28 yanvardagi 20-sonli yig’ilish bayonnnomasiga asosan, “Sharg’un mexanika zavodi” MCHJ tashkil etilib, faoliyati to’liq yo’lga qo’yilgan. Kelgusida korxona faoliyatini kengaytirish, ish o’rinlarini yanada ko’paytirish hamda boshqa tashkilot buyurtmalari va aholi ehtiyoji uchun zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

2.Briket ko’mir ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish

 “Sharg’unko’mir” AJ Kuzatuv kengashining 2020 yil 7 fevraldagi 24-sonli yig’ilish bayonnnomasiga asosan, “Sharg’un Briket” MCHJ tashkil etilib, bino tanlanib, binoning ustki tom qismini yopish va pardozlash ishlari yakunlandi. Ko’mir briketini ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar o’rnatilgan bo’lib, hozirgi kunda ishlab chiqarilgan briket mahsulotining sifati (мех.прочность)ni oshirish  maqsadida “ Kimyoviy Texnologiya” MCHJ bilan muzokaralar olib borildi va yahshi natijalarga erishildi. Bundan tashqari, briket ko’mir mahsuloti uchun tegishli muvofiqlik sertifikati olindi, hamda ishlab chiqariladigan briket ko’mir mahsulotini sotish bo’yicha mahalliy aholi, byudjet tashkilotlar va boshqa korxonalar talabini o’rganish ishlari olib borilmoqda. Shu kungacha yangi 7 ta ish o’rni yaratilgan.

3.Tikuvchilik sexi tashkil etish

“Sharg’unko’mir” AJ Kuzatuv kengashining 2020 yil 8 iyundagi 27-sonli yig’ilish bayonnnomasiga asosan, “Sharg’un Tikuvchilik Sexi” MCHJ tashkil etildi.. “Sharg’un Tikuvchilik Sexi” MCHJ uchun bino tanlanib,  joriy ta’mirlandi va  foydalanishga topshirildi. Surxondaryo viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi 135 350.0 ming so’m mablag’lari hisobidan korxonaga 30 turdagi tikuvchilik dasgohlari olib kelinib o’rnatildi. Shu kungacha yangi 20 ta ish o’rni yaratilgan. Kelgusida 50 ga yaqin yangi ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan. Hozirgi kunda  “Sharg’unko’mir” AJda hamda unga qarashli kichik korxonalarda umumiy hisobda  jami 712 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Shu jumladan  174 nafar muhandis-texnik  xodimlar, 538 nafar konchi va turli kasb egalari hisoblanadi. 2020 yil yanvar- avgust holatida 71 nafar ishchi  ishga qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi PQ – 2727 – sonli qarorida “Sharg’unko’mir” AJ ni modernizatsiyalash, yiliga 900 ming tonna tosh ko’mir qazib chiqarish to’g’risidagi loyihani amalga oshirish belgilangan. PQ-2727 to’liq matni bilan rus tilida tanishib chiqishingiz mumkin.

13.01.2017 dа qabul qilingan PQ-2727ni yuklab olish