Zilziladan oldin qanday harakatlarni, qanday tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak bo`ladi. Zilzila vaqtida va zilziladan keyinchi?
“O`zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2023 yil 16 maydagi PQ-158-son qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo`yicha respublika kengashi raisining 2024-yil 1-noyabrdagi 182-son bayoniga asosan, har yili ikki marotaba respublikaning barcha hududlarida aholi ishtirokida zilzila bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash bo`yicha “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish va o`tkazish belgilangan.
Mazkur haftalik doirasida 20-oktyabrdan 27-oktyabrgacha “Sharg`unko`mir” aksiyadorlik jamiyatida ham korxona xodimlari va aholining zilzila bo`yicha xabardorligini oshirish yuzasidan targ`ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi davrda har bir fuqarodan zizila paytida to`g`ri harakatlanish qoidalari bo`yicha bilimlarni egallashi talab etiladi. Masalan zilziladan oldin qanday harakatlarni, qanday tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak bo`ladi. Zilzila vaqtida va zilziladan keyinchi?
Quyidagi FVV Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha zilzila vaqtida to`g`ri harakatlar qilish haqida ma’lumotlar beradi.