Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!
105 ko'rishlar

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!

Bugun, 6 iyun, Shargʻunkoʻmir” AJ bosh direktori Abdullayev Xamza Naimovichning tugʻilgan kuni.

Abdullayev Xamza Naimovich 1966-yil 6-iyunda Kogon shahrida tugʻilgan.
2001-yilda Toshkent temir yoʻl transporti muxandislari institutining tamomlagach, mehnat faoliyatini 1987-yilda Oʻrta Osiyo temir yoʻllari Buxoro temir yoʻl boʻlimi stansiya navbatchisi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik qator temir yoʻllar korxonalarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.
Abdullayev Xamza Naimovichning turli lavozimlardagi sidqidildan, fidokorona mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. Jumladan 2011 yil “Oʻzbekiston Mustaqilligiga 20-yilligi” esdalik nishoni va 2018-yilda “Faxriy temiryoʻlchi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
X.N.Abdullayev 2020-yildan buyon hozirgi lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.
Biz “Shargʻunkoʻmir” AJ jamoasi nomidan Xamza Naimovich Abdullayevni bugungi  tavallud kuni munosabati bilan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, Vatanimiz koʻmir sanoatini rivojlantirishdek mashaqqatli va sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.