Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!
386 ko'rishlar

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!

Bugun 10 fevral “Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati Marketing va koʻmir sotish boʻlimi boshligʻi Ganiyev Adham Akbaraliyevichning tug’ilgan kuni.

Ganiyev Adham Akbaraliyevich – 1985 yil 10 fevral kuni Uzun tumanida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli, 2007-yil Toshkent Arxitektura qurilish institutini tugatgan. Hozirgi kunda “Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida Marketing va koʻmir sotish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda.

Ganiyev Adham Akbaraliyevich, Sizni “Shagʻunkoʻmir” AJ maʼmuriyati, “Shargʻunkoʻmir” AJ kasaba uyushma qoʻmitasi va jaiyat jamoasi nomidan qizgʻin tabriklab, Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ishlaringizda hamisha rivoj va kelgusidagi mashaqqatli mehnatlaringizda, oʻsib kelayotgan yosh-mutaxassislarning yetuk kadr boʻlib yetishishidagi xizmatlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!