Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!
309 ko'rishlar

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!

Bugun 14 iyul “Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati
Maxsus boʻlim boshligʻi Toshov Firdavs Xakimovichning tug’ilgan kuni.

Toshov Firdavs Xakimovich – 1988-yil 14-iyul kuni Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli, 2010-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Telekommunikatsiya yoʻnalishini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 2010-yil “Shargʻunkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatini “Ishlab chiqarish aloqa” uchastkasi stansiya uskunalarining 4 razryadli elektromontyor vazifasidan boshlagan. Maxsus boʻlim boshligʻi lavozimida 2021-yil oktyabr oyidan faoliyat yuritib kelmoqda.

“Shargʻunkoʻmir” AJ jamoasi va “Shargʻunkoʻmir” AJ kasaba uyushma qoʻmitasi nomidan Firdavs Xakimovichni bugungi tavallud ayyomi bilan chin qalbdan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, koʻmir sanoatini rivojlantirish yoʻlidagi masʼuliyatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.