129 ko'rishlar

TAVALLUD AYYOMINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Bosh direktorning iqtisodiyot va moliya boʻyicha oʻrinbosari – Shoymatov Jamoliddin Yusupovich

Shoymatov Jamoliddin Yusupovich – 1987-yil 29 noyabr kuni Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tug’ilgan. Oliy maʼlumotli. 2010-yilda Sankt-Peterburg davlat temir yoʻllari universitetining Temir yoʻl transportida iqtisod va boshqaruv mutaxassisligini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2010 yilda Termiz lokomotiv deposida operator vazifasidan boshlagan. 2019-yildan buyon bosh direktorning iqtisodiyot va moliya boʻyicha oʻrinbosari lavozimida mehnat qilib kelmoqda. “Shargʻunkoʻmir” AJ jamoasi nomidan Shoymatov Jamoliddinni tavallud ayyomi bilan chin dildan, samimiy tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik, oilasiga baxt, koʻmir sanoati rivoji yoʻlidagi mashaqqatli mehnatida faqat omad tilaymiz.