SHAXMAT MUSOBAQASI G’OLIBI ANIQLANDI!

SHAXMAT MUSOBAQASI G’OLIBI ANIQLANDI!

Avval ma’lum qilganimizdek «14-yanvar Vatan himoyachilari kuni» bayrami munosabati bilan «Sharg’unko’mir» AJ Kasaba uyushma qo’mitasi va Yoshlar Kengashi bilan birgalikda o’tkazilgan «SHAXMAT» musobaqasi yakuniga etdi. Konchilarimiz faqatgina kon ishlarida emas aqliy sport turida ham etarlicha bilimga ega ekanliklarinin namoyish etishdi. Keskin va murosasiz o’tgan musobaqa yakunida «Shamollatish texnikasi xavfsizligi va portlatish ishlari» uchastkasi yer osti portlovchi moddalar ombori tarqatuvchisi Melikov Shokirjon Hasanovich g’alaba qozondi. Musobaqa g’olibi Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan taqdirlanadi.

Quyida musobaqadan olingan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin