“Sharg’unko’mir”AJda «Korrupsiyasiz soha shiori ostida “Korrupsiyaning umumiy jinoyatchilikdagi roli va oʻrni” mavzusida o’quv seminari tashkil etildi
Joriy yilning 29-noyabr “Sharg’unko’mir”AJda Korrupsiyasiz soha shiori ostida “Korrupsiyaning umumiy jinoyatchilikdagi roli va oʻrni” mavzusida o’quv seminari tashkil etildi.
Ishtirokchilarga jamiyatda “Shargʻunkoʻmir” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid ichki meʼyoriy hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrug’i asosida qabul qilingan 18 ta ilova
- Shargʻunkoʻmir”AJda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash hamda korrupsiyani oldini olish va chek qoʻyish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar belgilashni amalga oshiruvchi Ishchi komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha siyosati 2-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJda manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir” AJning Odob-axloq kodeksi 4-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJning Odob-axloq komissiyasi tarkibi 5-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJning Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJ xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitishni tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnoma 7-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnoma 8-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJda kontragentlarni tekshirishga oid yoʻriqnoma
9-ilovaga muvofiq, - “Shargʻunkoʻmir”AJda tuzilayotgan shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati 10-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJda davlat xaridlari ustidan nazoratni tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanma 11-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJda Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti 12-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJning korrupsiyaviy hatti-harakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha reglamenti 13-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJning aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar toʻgʻrisida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish reglamenti 14-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJning korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti 15-ilovaga muvofiq, “Shargʻunkoʻmir”AJda korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati toʻgʻrisidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish boʻyicha nizom 16-ilovaga muvofiq,
- Shargʻunkoʻmir”AJning sovgʻalar berish va olish, biznes-tadbirlarni tashkil etish va ishtirok etish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish boʻyicha siyosati 17-ilovaga muvofiq,
- “Shargʻunkoʻmir”AJning xayriya va homiylik faoliyatini amalga oshirish siyosati 18-ilovalar bilan tanishtirildi.
Shu bilan birga yig’ilgan qatnashchularga BMT tashabbusi bilan, 2005-yil Assambleya tomonidan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni 9-dekabr qaror qilinganligi, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi, unga qarshi kurashdagi Konvensiyaning oʻrni va 190 mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha majburiyatlarni olganligi yetkazildi. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasidagi umumiy jinoyatchiligi, korrupsiyaga oid jinoyatlar va ularning statistik koʻrsatkichlari, turi, shakli va koʻrinishlari, manfaatdor tomonlar, korrupsiya oqibatida yuzaga keladigan salbiy holatlar toʻgʻrisida maʼlumot oldilar.
Korrupsiyaga qarshi kurashish soxasida qaysi xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlik amalga oshirilishi, Oʻzbekiston “Korrupsiyaning mavjud emasligi” koʻrsatkichida oʻrni, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy choralari taqidlandi va qaysi aloqa kanallari orqali korrupsiya bo‘yicha xabar berish toʻgʻrisida alohida toʻxtalib o‘tildi.
Maqola Matbuot xizmati hamda Komplayens va korruptsiyaga qarshi kurash xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi