«Sharg’unko’mir» aksiyadorlik jamiyatida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir oʻtkazildi
Joriy yilning 6-dekabr kuni «Sharg’unko’mir» aksiyadorlik jamiyatida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyaning umumiy jinoyatchiligdagi roli va oʻrni” mavzusida hamda Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Unda «Sharg’unko’mir» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv apparati uchastka, bo’lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Tadbirda «Sharg’unko’mir» aksiyadorlik jamiyatiining bosh muxandisi Sh.J.Surxanov ochib berdi. Yig’ilish qatnashchilarini 8-dekabr Konstitutsiya hamda 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni bilan tabriklab korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga maʼlumot berdi.
Shundan soʻng, jamiyat komplaens va korrupsiyaga qarshi kurash xizmati boshlig’i Sh.O.Xalilova Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼruza qildi.
Ishtirokchilarga BMT tashabbusi bilan, 2005-yil Assambleya tomonidan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni 9-dekabr qaror qilinganligi, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi, unga qarshi kurashdagi Konvensiyaning oʻrni va 190 mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha majburiyatlarni olganligi yetkazildi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasidagi umumiy jinoyatchiligi, korrupsiyaga oid jinoyatlar va ularning statistik koʻrsatkichlari, turi, shakli va koʻrinishlari, manfaatdor tomonlar, korrupsiya oqibatida yuzaga keladigan salbiy holatlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish soxasida qaysi xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlik amalga oshirilishi, Oʻzbekiston “Korrupsiyaning mavjud emasligi” koʻrsatkichida oʻrni, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy choralari taqidlandi va qaysi aloqa kanallari orqali korrupsiya bo‘yicha xabar berish toʻgʻrisida alohida toʻxtalib o‘tildi.
Shaxnoza Xalilova,“Shargʻunkoʻmir” AJ Komplaens va korrupsiyaga qarshi kurash xizmati boshligʻi