“Sharg`unko`mir” AJda «Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o`tkazildi
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 fevraldagi 72-F-son farmoyishiga asosan «O`zbekiston — 2030» strategiyasini «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostida mahallalar, xiyobonlar, aholi turar joylari, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, sog`lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ`ib qilish, xalqimiz uchun ezgulik, birdamlik, oliyjanoblik va shukronalik timsoli bo`lgan qutlug` Ramazon oyida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ko`llab-quvvatlash maqsadida butun yurtimiz bo`ylab 2026 yil 13-14 mart kunlari «Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o`tkazilishi belgilangan.
Farmon ijrosi yuzasidan “Sharg`unko`mir” AJ jamoasida ham keng ko`lamli obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jamiyat ishchi va xizmatchi xodimlari bugun 2026 yil 13 mart kuni umumxalq hasharida ishtirok etishdi. Avvalo jamiyat tasarrufidagi hududllarda chiqindilardan tozalash, daraxtlarni oqlash va daraxtlarning parvarishi ishlari amalga oshirildi.

















Shuningdek «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Men ham ko`chat ekaman» aktsiyasi o`tkazilib, belgilangan hududlarda daraxt va buta ko`chatlari ekib chiqildi.
Jamiyatda umummilliy hashar tadbiri davom etmoqda.





