• info@sharguncoal.uz
  • Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharofobod MFY Minor ko`chasi, 35 uy
 “Sharg`unko`mir” AJda Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi doirasida maxsus taktik o`quv mashg`uloti o`tkazildi

“Sharg`unko`mir” AJda Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi doirasida maxsus taktik o`quv mashg`uloti o`tkazildi

Joriy yilning 1 aprel sanasida Sariosiyo tumani FVB xodimlari, 1-sonli alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi xizmat ko`rsatayotgan korxonasi xodimlari hamda “Sharg`unko`mir” AJ xodimlari ishtirokida Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi doirasida maxsus taktik o`quv mashg`uloti o`tkazildi.

Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad – jamiyat xodimlarini turli tabiiy va inson omili bilan yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi haqida xabardor qilish va kerakli ko`nikmalarni rivojlantirishdan iborat edi. Bunda favqulodda vaziyat yuz berganda vaziyatni to`g`ri baholash va zarur harakatlarni amalga oshirish muhim hisoblanadi.

Mashg`ulot davomida, shartli kon shaxtasida qolib ketgan jabrlanuvchilari ob’yekt qutqaruv bo`linmalari tomonidan qutqarilib, tez tibbiy yordam bo`limiga topshirildi.

Shuningdek, tadbirda maxsus-muhandislik texnikalari jalb qilingan holda amaliy mashg`ulot o`tkazildi. Bu mashg`ulot ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda o`zini qanday tutishi, atrofdagilarga qanday yordam berishi mumkinligini amaliy jihatdan ko`rsatib berdi.

O`tkazilgan maxsus-taktik o`quv mashqida 25 nafar xodim 5 ta maxsus-muhandislik texnikalari jalb etildi.

“Sharg`unko`mir” AJ matbuot xizmati