
«Sharg`unko`mir» AJ kasaba uyushma qo`mitasi tashabbusi bilan har yilgi an’anaga aylanib ulgurgan xayrli ish davom ettirilmoqda.
«Sharg`unko`mir» AJ kasaba uyushma qo`mitasi tashabbusi bilan har yilgi an’anaga aylanib ulgurgan xayrli ish davom ettirilmoqda. Korxonada samarali mehnat qilib kelayotgan ishchi-xodimlarning 1-sinfga qadam qo`yayotgan farzandlariga o`quv qurollari sovg`a qilinadi.
Bu an’ana har yili amalga oshirilib, farzandlarning ilk qadamlariga ruhiy quvonch bag`ishlaydi. Shu bilan birga, ota-onalar mehnatiga bo`lgan e’tibor va hurmatni ifoda etadi. «Sharg`unko`mir» jamoasi kelgusida ham ana shunday ezgu ishlar orqali mehnatkashlarni va ularning oila a’zolarini qo`llab-quvvatlashni o`zining asosiy vazifalaridan biri sifatida davom ettiradi.








